2023-yilda 7 ta yangi oliy taʼlim muassasasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ularning soni jami 213 taga yetdi

14:26 13 Fevral 2024 Jamiyat
650 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.

Ularning 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy taʼlim muassasalaridir.

Hozirda 213 ta oliygohda 1 mln 300 ming nafardan ziyod talaba tahsil olib, bu koʻrsatkich orqali yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2022-yilgi 38 foizdan 42 foizga oshdi.

QS “Fan sohalari reytingi”da 2 ta oliygoh 4 ta fan sohalari boʻyicha “TOP-500”, “QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” roʻyxatida 14 ta oliygoh “TOP-1 000”, “QS Sustainability Rankings – 2024” reytingida 3 ta oliygoh “TOP-1 000” universitetlar roʻyxatiga kiritildi.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida umumiy qiymati 242,3 mlrd soʻm boʻlgan 157 ta ilmiy loyiha moliyalashtirildi. Ilmiy faoliyatga oid umumiy moliyalashtirish hajmi 970,06 mlrd soʻm boʻlgan 558 ta loyiha amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер