2023-yilda 395 ming gektardan ortiq maydon uchun agrokimyoviy xaritalar ishlab chiqildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova maʼlum qildi.
Mineral oʻgʻitlar sifatini laboratoriya tahlillaridan oʻtkazish tizimi joriy etilib, 655 ta namunadan 9 ta holatda standart talablariga javob bermaydigan mineral oʻgʻitlarni qoʻllashning oldi olindi.
Import mahsulotlarida 189 mingdan ortiq ekspertiza oʻtkazilib, 1 137 ta holatda 25 turdagi karantin obyektlari aniqlandi. Mahalliy yetishtirilayotgan mahsulotlar boʻyicha 147 mingga yaqin ekspertiza oʻtkazilib, 11 turdagi karantin obyektlari aniqlandi va xalqaro fitosanitar talablar buzilishining oldi olindi.
Oʻsimliklar karantini sohasidagi “Detektor — xizmat it”lari soni 24 taga yetkazildi. Xizmat tomonidan noqonuniy import qilinayotgan 39 ming kilogrammga yaqin va 50 ming donadan ortiq karantin ostidagi mahsulotlar aniqlangan va fitosanitar choralar koʻrilgan.
Importda zararli karantin organizmlar aniqlanganligi sababli 15 ta davlatga 232 ta eʼtiroznomalar yuborildi. 405 ming tonna 600 kilogramm va 15 mingdan donadan zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarildi, 4,5 ming tonna va 403 mingdan donadan ortiq mahsulot yoʻq qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring