2023-yilda 23 ta saqlov birligidagi 1010 varaqda tarixiy davr hujjatlari maxfiylikdan chiqarildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qildi.
Olib borilgan ishlar natijasida qoʻshimcha ravishda arxivning tarixiy davr maxfiy hujjatlariga tegishli –
I-1 “Turkiston general gubernatorining Devonxonasi” (1868-1917y.) fondining 977-sonli;
I-715 Polkovnik A.G.Serebryannikov tomonidan tayyorlangan “Turkiston oʻlkasi. Uni bosib olinishi tarixiga oid materiallar toʻplami” mavzusiga bagʻishlangan hujjatlar nashriga oid maʼlumotlar (1839-1897 yy.) fondining 1, 2, 3, 6, 7, 8, 9, 13, 14, 15, 16, 17, 19, 20, 21-sonli;
I-18 “Samarqand viloyati boshqaruvi Samarqand” fondining 2209, 2210, 4686-sonli tarixiy davr hujjatlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring