2023-yilda 100 ta mikro-GES qurish boʻyicha loyihalar boshlanadi

18:35 10 Yanvar 2023 Siyosat
1062 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Yigʻilishda hududlarga sanoat jadal kirib kelayotgani taʼkidlandi.

Masalan, Jizzaxda ilgari boʻlmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo boʻldi.

Yoki, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash boʻyicha 19 ta yirik loyihalar amalga oshirildi.

Namanganda yangi tashkil etilgan 54 ta kichik sanoat zonalari 2022-yilda 3 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqardi.

Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshdi.

Shunga qaramasdan, hudud va tarmoqlarning ishlatilmagan imkoniyat va salohiyati hali kattaligi koʻrsatib oʻtildi.

Misol uchun, Xorazm hududiy sanoat hajmini 8,7 trillion soʻm reja qilgan boʻlsada, mahalliylashtirishni kengaytirish hisobiga buni 10 trillion soʻmga yetkazish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar mavjud.

Yoki, Fargʻonada past quvvatda ishlayotgan 22 ta korxonani aylanma mablagʻlar bilan taʼminlab, qoʻshimcha 1,1 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish imkoni bor.

Shu kabi, Qashqadaryoda 8 ta yirik loyihaga infratuzilma masalasi tezroq hal qilib berilsa, 800 milliard soʻmlik qoʻshimcha zaxira yaratiladi.

Namanganda toʻliq quvvatda ishlayotgan va qoʻshimcha bozori bor 51 ta korxonani kengaytirib, qoʻshimcha 290 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish mumkin.

Yoki, 2023-yilda 100 ta mikro-GES qurish boʻyicha loyihalar boshlanadi. Bu loyihalar uchun 10 million dollarlik uskuna zarur boʻlib, ularni mahalliy korxonalarda bemalol ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер