2022-yilda qariyb 23 trln. soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatildi
Foto: Illustrativ foto
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi qariyb 23 trln. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2021-yil bilan solishtirilganda 25,5 % ga oshgan.
Yillar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi:
— 2019-yil – 10,9 trln. soʻm;
— 2020-yil – 13,9 trln. soʻm;
— 2021-yil – 17,8 trln. soʻm;
— 2022-yil – 22,9 trln. soʻm;
Moliyaviy, savdo, transport va taʼlim xizmatlari hajmi rolikda keltirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring