2022-yilda olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning ustozlariga 1.5 mlrd. soʻm miqdoridagi pul mukofoti toʻlab berilgan
Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati
Oʻtayotgan 2022-yil davomida nafaqat Respublika va xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar, balki ularning ustozlari ham davlatimiz tomonidan turli miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Ushbu oʻqituvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida belgilangan jami 1.5 mlrd. soʻmga yaqin pul mukofotlari toʻlab berildi.
Jumladan:
— Nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilarining oʻqituvchilariga jami 390 mln. soʻm;
— Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilarining oʻqituvchilariga jami 388 mln. soʻm;
— 1-11-iyun kunlari Asosiy olimpiadalari Respublika bosqichlarida gʻolibni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilarining oʻqituvchilari jami 690 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofotlari taqdim etildi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda Xalqaro va Respublika olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar 3,1 mlrd. soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring