2022-yilda Navoiy shahrida amalga oshiriladigan ishlar maʼlum qilindi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining sessiyasida shahar hokimi Muhiddin Bozorovning murojaati tinglandi. Unda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2021-yil yakunlari hamda 2022-yilning dolzarb vazifalari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Dastlab 2021-yil yakunlarining asosiy koʻrsatkichlari, belgilangan rejalar ortigʻi bilan bajarilgani eʼtirof etildi. Chunonchi, shaharda umumiy qiymati 950 mlrd. soʻmlik 173
Shahar hokimi oʻz murojaatida hududning eksport koʻrsatkichlari, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlar va investitsiyalar borasidagi saʼy-harakatlar xususida toʻxtalar ekan, 2021-yil uchun 36 million 316 ming AQSH dollari miqdorida rejalashtirilgan eksport prognozi amalda 36 million 981 ming AQSH dollariga bajarilganligini taʼkidladi. Ayni paytda Navoiy shahrining 2021-yilda 29 million AQSH dollari hajmida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va xorijiy kreditlarni oʻzlashtirish rejasi amalda 105 foizga uddalandi.
— Navoiy mamlakatimizning sanoat rivojlangan shahri, — dedi hokim oʻz murojaatida. — Qariyb 150 ming kishilik shahar aholisining 36 ming nafardan ortigʻini yoshlar tashkil etadi. Ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishi, taʼlim olib, kasb oʻrganishi hamda ish bilan taʼminlanishi faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishi boʻlib qoladi. Bu yoʻnalishda belgilangan chora-tadbirlar natijasida joriy yil boshida roʻyxatga olingan 3991 nafar ishsiz yoshlarning aksariyati kasb-hunarga yoʻnaltirish, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etish, subsidiya ajratish hamda “Mehnat yarmarkalari” orqali oʻz ish joyiga ega boʻldi.
Sessiyada shahar hokimi 2022-yilning ustuvor vazifalarini deputatlar muhokamasiga havola etdi. Jumladan, kelasi yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida “Zarafshon” va “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlaridagi 4
Shuningdek, murojaatda yutuqlar barobarida, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, shu jumladan, investitsiyaviy loyihalarni oʻzlashtirishdagi sustkashliklar, energiya taʼminotidagi uzilishlar, yangi ish oʻrinlari yaratishdagi mavjud imkoniyatdan toʻliq foydalanilmayotganligi ham aytib oʻtildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring