2022-yilda 11 275 nafar bitiruvchi oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi

13:26 28 Dekabr 2022 Jamiyat
456 0

Foto: Illustrativ foto

Hozirda mamlakatimizdagi xalq taʼlimi tizimiga qarashli umumtaʼlim maktablari soni 10 104 tani tashkil etadi.

Mazkur taʼlim muassasalarida:

— 6,4 mln. nafar oʻquvchi tahsil oladi;

— 509 mingdan ortiq oʻqituvchilar faoliyat yuritadi.

2021-2022 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarini 920 498 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan:

— 530 249 nafar oʻquvchiga 9-sinfni tugatganlik toʻgʻrisida;

— 390 249 nafar oʻquvchiga 11-sinfni tugatganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomalar topshirildi.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining 11 275 nafari, jumladan:

— 9 370 nafar iqtidorli bitiruvchisi — oltin medal;

— 1 905 nafari — kumush medallar bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер