2022-yil yanvar oyida 310 ming doza Pfizer-BioNTech vaksinasi olib kelish koʻzda tutilgan
AOKAda yurtimizdagi koronavirus bilan bogʻliq mavjud epidemiologik holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda ishtirok etgan sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari – Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi Anvar Alimovning taʼkidlashicha, 2022-yil yanvar oyida Pfizer-BioNTech vaksinasidan 310 ming doza olib kelish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, yurtimizda 2021-yil iyun oyining ikkinchi yarmidan boshlab kasallanish koʻrsatkichlari oʻsgani aytib oʻtildi. Iyul oyida kasallik aniqlanishining yuqori choʻqqisiga chiqqan boʻlsa, avgust oyining birinchi yarmida biroz stabil holat yuzaga kelgan.
Avgust oyining ikkinchi yarmi va sentyabr oyidan boshlab kasallik aniqlanishining pasayishi kuzatilganligi hamda soʻnggi bir hafta davomida kasallanishning oshganligi qayd etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring