2022-yil davomida my.gov.uzda 68 ta yangi elektron davlat xizmatlari yoʻlga qoʻyildi

20:52 04 Yanvar 2023 Jamiyat
713 0

Bunda aholining hayotiy vaziyatlarda eng koʻp duch kelgan muammolari oʻrganildi. Ularning talab va takliflari inobatga olindi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2022-yil natijalari:

— Xizmatlar soni 368 taga yetkazildi.

— 158 ta xizmat mobil ilovadan oʻrin oldi.

— Fuqarolardan 70 dan ortiq hujjat va maʼlumotlar talabi bekor qilindi.

— 38 turdagi xizmatda Elektron raqamli imzo soʻralmaydigan boʻldi.

— «Anor mobile» mobil ilovasida 7 turdagi, «QUANT» mobil ilovasida 5 turdagi elektron davlat xizmati yoʻlga qoʻyildi.

— 12 milliondan ziyod onlayn foydalanishlar ortidan fuqarolarning 36 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻi tejaldi.

2022-yil yangi ishga tushgan ommabop xizmatlar va ulardan foydalanish koʻrsatkichi:

— Chet tilini bilish darajasi – 105 mingdan ziyod;

— Avtotransport boshqaruviga ishonchnoma – 58 mingdan ziyod;

— Maktab shahodatnomasi dublikati – 24 mingdan ziyod;

— Yer uchastkalarini xususiylashtirish – 24 mingdan ziyod;

— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ga kirish – 16 mingdan ziyod arizalar;

2022-yilda eng ommalashgan xizmatlar va ulardan foydalanish koʻrsatkichi:

— Bolani “bogʻcha”ga joylashtirish – 333 mingdan ziyod;

— Kadastr pasportini shakllantirish – 135 mingdan ziyod;

— Maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalari axborot tizimiga kiritish – 128 mingdan ziyod (yuridik shaxslar uchun);

— Avtotransport oynalari tusini oʻzgartirish – 110 mingdan ziyod;

— Avtotransportda yoʻlovchilarni va yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziya – 81 mingdan ziyod (yuridik shaxslar uchun).

Joriy yil Yagona portalda hech qanday tashrif va hujjat talab qilmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega elektron xizmatlar soni koʻpaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер