2021-yilda ikki marta Quyosh va ikki marta Oy tutiladi
2021-yilda ikki marta Quyosh va ikki marta Oy tutilishi yuz beradi. Bu haqda Irkutsk davlat universiteti Astronomiya observatoriyasi direktori Sergey Yazev jurnalistlarga maʼlum qildi.
“2021-yilda toʻrtta tutilish boʻladi: ikki marta Quyosh va ikki bor Oy tutiladi. 26-mayda Oy toʻliq tutiladi. 4-dekabr kuni esa Quyoshning toʻliq tutilishi yuz beradi. U Antarktika mintaqasida sodir boʻladi. 10-iyun kuni halqa shaklida quyosh tutilishini kuzatish mumkin boʻladi. Oyning qisman tutilishi 19-noyabr kuni kuzatiladi”, dedi Yazev.
Yazevning taʼkidlashicha, Oy Quyoshni butunlay yashirolmaydi, shuning uchun uning qirralari yorqin porlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring