2021-yilda eng koʻp sotilgan oʻnta smartfon nomi maʼlum qilindi
Foto: РИА «Новости»
Global oylik smartfon savdosini kuzatib boruvchi “Counterpoint” tashkiloti 2021-yilda eng koʻp sotilgan 10 smartfon nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, eng xaridor 10 ta smartfon reytingida “Apple” sakkizta mahsuloti joy olgan.
Jumladan, “iPhone 12”, “iPhone 12 Pro Max”, “iPhone 13”, “iPhone 12 Pro” va “iPhone 11” mos ravishda 1-5-oʻrinlarni bandi etdi. Qayd etilishicha, dastlabki uchta model “Apple” savdosining 41 foizini tashkil qilgan.
Oltinchi oʻrinda “Samsung Galaxy A12” joylashgan boʻlib, u 2021-yilda eng koʻp sotilgan “Android” smartfoniga aylandi. “Xiaomi” kompaniyasining “Redmi 9A” smartfoni yettinchi, “Redmi 9” esa oʻninchi oʻrinni egalladi. Ushbu “Redmi 9” seriyali qurilmalari “Xiaomi”ning oʻtgan yilgi jami savdosining 22 foizini tashkil qilgan.
Byudjet variantidagi “iPhone SE 2020” va “iPhone 13 Pro Max” flagmani mos ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni band etdi.
Umuman olganda, 2021-yilda jami smartfonlar sotuvining 14,2 foizi “iPhone” hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, eng koʻp sotilgan “Android” smartfonlar uchligiga bu ulushning atigi 5 foizini tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring