2020-yil AQSH tarixidagi eng halokatli yil boʻldi

13:57 12 Mart 2021 Dunyo
1217 0

Oʻtgan yil AQSH tarixidagi eng halokatli yil boʻldi. Bu haqda AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) maʼlumotlariga tayanib “Politico” gazetasi xabar bermoqda.

Amerika regulyatori maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda AQSHda 3 milliondan ortiq odam vafot etdi. COVID-19 tufayli mamlakatda oʻlim soni 15 foizga oshdi. Shuningdek, ushbu omil saraton va yurak xastaliklaridan keyin eng koʻp oʻlim holatlariga sabab boʻlgan.

CDC xabar berishicha, 2020-yilda AQSHdagi oʻlim holatlari soni 1918-yildan buyon eng yuqori koʻrsatkichga oʻsdi. Maʼlumki, Birinchi Jahon urushi davrida yuz minglab odamlar grippdan vafot etgan . Maʼlumot uchun, 2019-yilda oʻlim darajasi 2018-yilga nisbatan 1,2 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер