20 mlrd. soʻmlik loyiha asosida bunyod etilgan yangi sexda nima gaplar?
Jalaquduq tumanidagi «Xarir tola» MCHJ pillani qayta ishlash korxonasi hisoblanadi. Shunday boʻlishiga qaramay, bu yerda ichki imkoniyatlardan oshinib, yana bir yangi sex tashkil etildi. Natijada tekstil mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi.
— Avvallari qoʻshni Xoʻjaobod tumanidagi turdosh korxonaga qatnab ishlardik, — deydi tikuvchi Sayyora Ahmadaliyeva. — Bu vaqt masalasida biroz qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgandi. Tumanimizda tashkil etilgan sexda oʻz faoliyatimizni davom ettirish biz uchun navbatdagi imkoniyat eshiklarini ochdi.
20 mlrd. soʻm loyiha asosida bunyod boʻlgan yangi sexda Sayyoraxon kabi 250 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlandilar. Ular tomonidan tayyorlanayotgan kiyim-kechaklar nafaqat, ichki bozorga, balki, eksportga ham yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan. Bu esa, tabiiyki, korxonaning moddiy taʼminotini yaxshilabgina qolmasdan, ishchilarning ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring