20-maydan 20-dekabrgacha Wiki-ctipendiya marafoni oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarni koʻpaytirish va iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Wiki-ctipendiya marafoni yoʻlga qoʻyildi.
Marafon 2022-yilning 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr 00:00 (GMT+5) ga qadar davom etadi. Unda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida koʻrsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:
— 50 000 000 soʻm;
— 40 000 000 soʻm;
— 30 000 000 soʻm;
— kuchli beshtalik 20 000 000 soʻm;
— kuchli oʻntalik 10 000 000 soʻm.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring