20-dekabr kuni 84 ta mahalla hududidagi 1 152 ta koʻp qavatli uylarda obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirildi
212 ta uyning yertoʻlasi, 560 ta kirish yoʻlaklari tozalanib, 150 ta elektr shitlar tartibga keltirildi. 49 ta framuga oynalari butlanib, 257 ta kirish yoʻlaklariga harakat datchikli chiroqlar oʻrnatildi. 77 ta bolalar va sport maydonchalari tartibga keltirilib, hududlardagi 20 497 p/m lotoklar chiqindilardan tozalandi.
Tadbirga 209 ta maxsus texnika, 2 708 nafar ishchi-xodim jalb etilib, 322 ming kv.metr maydon obodonlashtirildi. Hududdan 156 tonna chiqindi olib chiqib ketildi.
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylar va unga tutash hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari haqida maʼlumot berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring