2 ta maktabni taʼmirlashda 450 mln soʻm talon-taroj qilingani maʼlum boʻldi
Chimboy tumanida 2 ta umumiy oʻrta taʼlim maktab binolarini taʼmirlashdagi talon-tarojliklar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chimboy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktab binolarini joriy taʼmirlashda “R” va “N.» MCHJlar tomonidan amalda bajarilmagan qurilish ishlarini hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritilib, ish hajmini qoʻshib yozish orqali 36-maktab boʻyicha 290,9 mln soʻm va 44-maktab boʻyicha 161,6 mln soʻm byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi, tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan esa ushbu jamiyatlar hisob raqamiga pullar toʻliq oʻtkazib berilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring