Braziliyada koronavirus qurbonlari soni oshdi
Braziliya butun dunyo boʻylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni boʻyicha 2-oʻringa chiqdi.
13-iyun holatiga koʻra, mamlakatda 41 901 kishi COVID-19 koronavirus qurboniga aylangan.
Koronavirus oqibatida vafot etganlar soni boʻyicha AQSH hamon yetakchilik qilmoqda — 116 831 qurbon.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 829 902 kishiga yetgan. Mamlakat ushbu koʻrsatkich boʻyicha ham dunyoda ikkinchi oʻrinda ketmoqda.
Oʻtgan bir sutkada mamlakatda koronavirusni yangi yuqtirib olish holatlari boʻyicha rekord oʻrnatilgan — qariyb 141 ming kishi.
Hozirda butun dunyo boʻylab koronavirusga chalinganlar soni 7 739 831 kishini, virus qurbonlari soni esa 428 337 kishini tashkil etmoqda. Bugungi kunga qadar dunyoda 3,96 milliondan ortiq bemor koronavirusdan sogʻaygan.
Eslatib oʻtamiz, 23-may kuni Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni boʻyicha Rossiyadan oʻtib, 2-oʻringa koʻtarilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring