190 nafar fuqaro ishga yoʻllanma oldi

12:31 19 May 2020 Jamiyat
735 0

Namangan shahrining chekka dahasidagi “Yuksalish” mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bundan bir muddat avval faoliyat boshlagan hududdagi ishlab chiqarish va xizmat korxonalaridan 65 tasi oʻzlaridagi 625 ta boʻsh mehnat oʻrinlarini taqdim qilishdi. Tanlov bemalol, taklif etilayotgan kasb va mutaxassisliklar orasida chevarlikdan tortib metallni qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashgacha boʻlgan yumushlar bor. Shu mahallada yashovchi Maftuna va Hayotxon Sattorovaning qoʻlidan chok tikish keladi. Opa-singilga “Montana” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bildirilgan taklif maʼqul tushdi. Yana 53 kishi “Parvoz sanoat”, “Glass expo”, “Elektr mexanik tamir” singari tadbirkorlik subyektlaridan ish topdi.

Shu kuni mehnat yarmarkasiga kelgan 400 ga yaqin fuqaroning 190 nafari doimiy ish joyiga egalik huquqini beruvchi yoʻllanma bilan qaytdi. Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan eʼlon qilingan karantin sharoitida aholi bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan mazkur tadbir koʻplab oilalarning daromad manbaiga kafolat yaratadi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
 “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер