16 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi

15:52 04 Fevral 2022 Jamiyat
1213 0

Davlat rahbarining 2020-yil 7-dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan sohada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan qator oʻzgarishlar joriy etilib, jumladan, odil sudlovni amalga oshirishda yuqori reyting koʻrsatkichga ega boʻlgan sudyalarni “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash belgilangan edi.

Sudyalar oliy kengashi qarori koʻra, odil sudlovga erishishdagi koʻrsatkichlari barobarida oʻzining chuqur bilimi hamda maʼnaviy fazilatlari bilan kasbdoshlariga namuna boʻlayotgan 16 nafar sudya mazkur mukofotga loyiq, deb topildi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga koʻra, kuni kecha boʻlib oʻtgan onlayn marosimda mukofotlar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotga sazovor boʻlganlar orasida Oliy suddan to tuman sudi sudyalarigacha bor. Bu nomzodlarni saralashda xolislik va ochiqlik ustuvor ahamiyat kasb etganini yaqqol koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер