1,5 sotix kenglikdagi hovuzda 5 tonna baliq parvarishlanmoqda
Sizningcha, bir yarim sotix maydondagi hovuzda qancha baliq parvarishlash mumkin? Jalaquduq tumanining «Tuyalas» mahallasida yashovchi Oʻktamjon Yusupov xonadonida boʻlganimizda shuncha kenglikdagi hovuzda bir yilda 5 tonna baliq parvarishlab, ichki bozorga sifatli goʻsht mahsuloti yetkazib berayotganiga guvoh boʻldik.
— “Afrika laqqasi”ning afzallik jihati shundaki, uni uy sharoitida bemalol asrash mumkin, — deydi Oʻktamjon suhbatda. — Tor joyda ham oʻzini erkin tuta oladi. Baliq chavoqlari inkubatsiyasini ham xonadonimizda yoʻlga qoʻyganligimiz bois daromadimiz choʻgʻi ham baland.
Tadbirkor shu bilan kifoyalanib qolmoqchi emas. Kelgusida 1 milliard soʻmlik loyiha evaziga yiliga 100 tonna baliq yetishtirishni rejalashtirgan. Buning uchun 20 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring