1,5 oy ichida dunyoda koronavirusdan oʻlim darajasi 60 foizga oshdi — JSST

02:50 12 Dekabr 2020 Dunyo
999 0

Fotо: Getty Images

Soʻnggi bir yarim oy ichida koronavirusdan oʻlim darajasi dunyo miqyosida 60 foizga oshgan. 

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) shoshilinch kasalliklar boʻlimi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove aytib oʻtdi.

«Yevropaning koʻplab mamlakatlarida yangi zararlanish holatlarining pasayishini kuzatilayotgan boʻlsada, oʻlim darajasi dunyo miqyosida oʻsib bormoqda», deydi u.

Ushbu raqamlar dunyo boʻylab turlicha taqsimlangan. Masalan, Yevropada oʻlim koʻrsatkichi deyarli 100 foizga oshgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo miqyosida ushbu virus bilan zararlanganlarning soni 69 874 432 nafarga yetgan. Shundan 1 587 991 nafari infeksiya asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер