14-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 254,5 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

18:16 15 Dekabr 2023 Iqtisodiyot
398 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev maʼlum qildi.

Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarda 43,5 mln kubometr tabiiy gaz, 18,1 ming tonna koʻmir, 12,1 ming tonna mazut yoqilgan.

Respublika tabiiy gaz isteʼmoli 159 mln kubometrni tashkil qilgan.

Hozirgi vaqtda “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatidan tabiiy gaz oluvchi 1 ming 204 ta metan zapravkaning 624 tasi belgilangan grafik asosida ishlamoqda.

Kecha “Oʻzbekneftgaz” jamiyati tomonidan Fargʻona vodiysidagi avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga jami 1028 tonna jumladan, Andijon viloyatida 406 tonna, Namangan viloyatida 346 tonna va Fargʻona viloyatida 276 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (metan zapravkalar) 4,5 mln kubometr tabiiy gaz hamda 800 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 3 ming 510 tonna avtobenzin, 1 ming 951 dizel yonilgʻisi qoʻyilgan boʻlib, undan 3 ming 510 tonna avtobenzin hamda 594 tonna dizel yonilgʻisi sotilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер