134 ta tabiiy monopoliya subyekti faoliyati 11 ta xizmat turi boʻyicha monitoring qilinmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Otabek Usmonov maʼlum qildi.
Oʻtgan 9 oyda iqtisodiy tarmoq sohalaridagi oʻrganishlar natijasida isteʼmolchilardan jami 80,1 mlrd.soʻmga yaqin asossiz daromadlar olinganligi aniqlandi.
Hududlar kesimida eng koʻp qonunbuzilishlar 122 ta holatda Toshkent viloyatida, 68 ta holatda Toshkent shahrida, 57 ta holatda Namangan viloyatida aniqlangan.
Jizzax viloyati misolida esa aniqlangan 26 holatlar yuzasidan yetti mingdan ortiq isteʼmolchilarga asossiz undirilgan mablagʻlar qaytarilib, ularning huquqlari himoya qilinishi taʼminlangan.
Hisobot davrida, “Raqobat toʻgʻrisida»gi va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi Qonunlari va qonun osti hujjatlari talablarini buzish boʻyicha 700 ga yaqin holat aniqlangan.
7 500 ga yaqin fuqaroning qonuniy manfaatlari himoya qilinib, 35,3 mlrd.soʻm ortiqcha daromad olinganligi aniqlangan holatlar yuzasidan 3,8 mlrd soʻm mablagʻ fuqarolar foydasiga qaytarildi.
Qolgan 31,5 mlrd.soʻmlik ortiqcha olingan mablagʻ isteʼmolchilarga qaytarish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring