13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasi yil yakuniga qadar yer va mulk soligʻidan ozod qilinadi

12:45 20 Avgust 2021 Iqtisodiyot
1038 0

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

Unda davlat rahbari soliq tizimini takomillashtirishga oid yangiliklarni maʼlum qildi.

«Mamlakatimizda qurilish sohasida ham, katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Mahsulot tannarxini kamaytirish boʻyicha 50 dan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalardan takliflar kelib tushgan.

Masalan, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq sementning tannarxida – 14 foiz, asfaltda – 10 foiz, qum-shagʻal aralashmasida – 7 foizni tashkil etadi.

Shu bois, noruda qazilmalarga (qum-shagʻal, ohaktosh, gips, dolomit kabi) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi. Buning hisobiga, 1,5 mingga yaqin korxonalar ixtiyorida yiliga 500 milliard soʻm mablagʻ qoladi.

Uchinchidan, biz xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratayapmiz. Yangi ish oʻrinlarini qisqa muddatlarda yaratadigan sohalardan biri ham servis sohasi hisoblanadi.

Pandemiya davom etayapti va bu xizmatlar sohasi, ayniqsa umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun qanchalik ogʻir boʻlayotganinibarchamiz koʻrib turibmiz, albatta.

Bu borada, umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan oʻtgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish boʻyicha 300 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Shu bois, jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk soligʻidan ozod qilamiz. Bu imkoniyat ularga 30 milliard soʻm qoʻshimcha koʻmak deganidir.

Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard soʻm qarzlari muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi.

Shu bilan birga, turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yigʻimlardan 2 yil muddatga ozod qilsak, nima deysizlar?

Bu – hozirgi qiyin sharoitda tushumi kamayib ketgan 2 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 150 milliard soʻm qoladi, degani.

Toʻrtinchidan, bugungi kunda 5 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitor qarzdorligi mavjud.

Pandemiya sababli ushbu tadbirkorlarga jarima solish va bugungi kungacha qoʻllanilgan 6 trillion soʻmlik jarimalarni undirish joriy yil yakuniga qadar toʻxtatiladi», dedi davlat rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер