12 mingga yaqin xorijlik davolanish uchun Oʻzbekistonni tanladi
Illyustrativ foto
2026-yilning yanvar fevral oylarida jami 11 876 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, eng koʻp bemorlar qoʻshni davlatlar fuqarolari hisoblanadi. Ular davlatlar kesimida quyidagicha:
• Tojikiston — 7 562 nafar;
• Qirgʻiziston — 2 530 nafar;
• Qozogʻiston — 1 212 nafar;
• Afgʻoniston — 338 nafar;
• Rossiya — 208 nafar;
• Boshqa davlatlar — 26 nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring