12-may — Xalqaro hamshiralar kuni

10:19 12 May 2023 Jamiyat
946 0

Jahonda har yili 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ham professional hamshiralar faoliyatining asoschisi Florens Naytingeylning tavallud kuni sharafiga belgilangan bu sanada oʻrta tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnati eʼtirof etiladi. Ularga eʼzozu ehtirom koʻrsatiladi.

Joriy yil ushbu kasb bayramiga bagʻishlangan asosiy bayram tadbiri poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʻlib oʻtadi.

Sanoqli daqiqalardan soʻng boshlanadigan ushbu tantanali marosimda “Yilning eng yaxshi hamshirasi” koʻrik-tanlovi gʻoliblari hamda 15 ta nominatsiya boʻyicha “Yilning eng yaxshi oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” tanlovi sovrindorlari hamda bir guruh fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер