11 oyda 11,4 ming tonna apelsin import qilingan

09:32 15 Yanvar 2024 Jamiyat
344 0

Foto: Arxiv surat

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar noyabr oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 11,4 ming tonna apelsin import qilingan.

Apelsin importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 3 ming tonnaga oshgan.

2023-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp apelsin import qilgan davlatlar:

— Eron – 4,9 ming tonna;

— Misr – 2,3 ming tonna;

— JAR – 2,2 ming tonna;

— Turkiya – 1,4 ming tonna;

— Qozogʻiston – 480 tonna;

— BAA – 126 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер