105 yoshli mehnat faxriysi holidan xabar olindi
Ramazon hayiti munosabati bilan Toyloq tuman hokimligi va jamoatchilik vakillari Bunyodkor mahallasida yashovchi 105 yoshni qarshilagan, koʻp yillik mehnati bilan el-yurt hurmatini qozongan mehnat faxriysi Raximov Hotam bobo xonadonida boʻldi.
Ular Hotam boboni Ramazon hayiti hamda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan samimiy tabrikladilar. Faxriy otaxonning uzoq va sermazmun umri, halol mehnati hamda jamiyat taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi alohida eʼtirof etildi. Ayniqsa, 105 yoshga kirib ham hali bardam boʻlib hayot kechirib kelayotgan nuroniy keksaning hayotiy tajribasi yosh avlod uchun katta ibrat ekani taʼkidlandi.
Hotam bobo koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan mamnun ekanini bildirib, yurtimizda nuroniylarga boʻlgan hurmat va eʼtibor uchun oʻz minnatdorligini izhor etdi.
Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi abadiy boʻlishligini tilab duolar qilindi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring