10 mln 560 ming soʻmlik zarar qoplab berildi

12:16 11 Yanvar 2019 Jamiyat
1401 0

Illyustrativ foto

Koʻp qavatli binolar koʻp vaqt oʻtmasdan “tiz choʻkayotganini“ har kim har xil izohlaydi. Kimdir ustalarni tajribasizlikda ayblasa, yana kimdir eʼtiborsizlikka yoʻyadi. Binolarning qulashida asosiy sabab sifatsiz qurilish materiallari ekanligi bugun hech kimga sir emas. Sifatsiz, qoʻlbola qurilish materiallaridan aziyat chekayotgan isteʼmolchilar bugun talaygina.

Xuddi shunday sifatsiz qurilish xomashyosini xarid qilgan fuqaro S.Sh Jondor tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza yoʻlladi.

S.Sh Romitanda joylashgan hovlisidagi chala devorni tiklash maqsadida Jondor tumani yoʻl yoqasida joylashgan nomsiz sexdan 4200 soʻmdan 1800 dona penablok sotib oladi. Devor qurilishi boshlangan paytda esa penabloklar sinib keta boshladi. Isteʼmolchi tadbirkorga bir necha marotaba penabloklarni almashtirib berishini soʻrab murojaat qilgan. Ammo “ustaburon tadbirkor” penabloklarni kimyoviy yoʻl bilan tiklashni maslahat beradi. Bu ish ham samara bermaydi. Tadbirkor turli bahonalar bilan xaridorni aldab yuradi.

Oqibatda S.Sh Jondor jamiyatiga yordam soʻrab yozma murojaat qildi. Ariza qisqa muddatda oʻrganilib, ijobiy hal etildi va isteʼmolchiga umumiy moddiy zarar 10.560.000 tadbirkor tomonidan qoplab berildi.

Isteʼmolchi Jondor tuman Isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish jamiyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Fuqaroga bundan keyin sifat sertifikatiga ega, qonuniy davlat roʻyxatidan oʻtgan ishlab chiqarish korxonalaridan tovar xarid qilishi boʻyicha tavsiyalar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер