10 sotix yer 565 mln. soʻmga sotildi

19:30 15 Iyul 2020 Iqtisodiyot
1922 0

Bugun "E-IJRO AUKSION" savdolarida Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanidan narxi 2 mln.soʻmlik yer uchastkasi 565,1 mln.soʻm narxga tasdiqlandi. Bu haqda "Davaktiv" axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, auksionda 10 nafar ishtirokchi qatnashdi. Bu yerda doʻkonlar, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi mumkin. Gʻolib 12 oy davomida 100 mln.soʻm miqdorida investitsiya kiritishi talab etiladi.

Andijon viloyati, Shahrixon tumanidan narxi 4,2 mln.soʻmlik yer uchastkasi uchun 208 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Ushbu yer uchastkasida oshxona, kafe, savdo uyi, doʻkon, maishiy xizmat koʻrsatish korxonasini qurishga ruxsat etilgan. Gʻolib shuningdek, 50 mln.soʻm miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini ham qabul qilib olgan.

Ana shunday yer uchastkasining navbatdagisi Buxoro viloyati, Buxoro tumanidan yutib olindi. Narxi 4,5 mln.soʻmlik yer uchastkasi uchun 112 mln.soʻm narx tasdiqlandi. Savdo 8 nafar ishtirokchi oʻrtasida qizgʻin kechib, gʻolib tomonidan 18 oy davomida 200 mln.soʻm miqdorida investitsiya kiritish majburiyati qabul qilindi. Ushbu yer uchastkasida doʻkonlar, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari qurishga ruxsat etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер