Oʻzbekistonda 9 oyda 716 885 nafar tugʻilish qayd etilgan

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 %ga oshgan.

12:05 10.10.2023
“Silk Avia” aviakompaniyasi Qozogʻistonning Turkiston shahriga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda

Birinchi parvoz joriy yilning 14-oktabrida charter asosida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 1 soat 20 minut. Chiptalar narxi bir tomonga 920 ming soʻmdan boshlanadi. Chipta narxiga 5 kg qoʻl yuki va 20 kg bagaj kiradi.

12:01 10.10.2023
“Muzey vagon” koʻchma koʻrgazmasi ochildi

Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tomonidan “Muzey vagon” nomli koʻchma koʻrgazma tashkil qilindi.

11:48 10.10.2023
Para taekvondochilarimiz Tayyuan Gran-prisida 6 ta medal qoʻlga kiritishdi

Joriy yilning 5-10-oktyabr kunlari Xitoyning Tayyuan shahrida Jahon para taekvondo Gran-prisining yarim final turniri boʻlib oʻtdi.

11:46 10.10.2023
Masofadan amalga oshiriladigan notarial harakatlar doirasini kengaytirish maqsad qilingan — Adliya vaziri

Bugun, 10-oktyabr kuni Samarqandda Xalqaro notarial hamkorlik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi koferensiya shaklida boshlandi. Ikki kun davomida 33 ta davlatdan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin soha vakillari, ekspertlar ishtirokida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni...

11:41 10.10.2023
Saylov va referendum oʻtkazish tartibi yanada takomillashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi...

11:37 10.10.2023
Qutlov!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Botir Matmuratovni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

11:14 10.10.2023
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi

Majlisda mamlakatimiz hayoti, taraqqiyotiga oid bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqiladi.

11:04 10.10.2023
Jon Kennedining jiyani AQSH prezidenti lavozimiga mustaqil nomzod sifatida ishtirok etmoqchi

Bungacha kichik Robert Kennedi Ukrainadagi mojaroni 100 kun ichida tugatishga vaʼda bergan edi.

02:16 10.10.2023
FAO Orolboʻyi ayollari va yoshlari uchun yangi daromad manbalarini ochmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli va Qoraoʻzak tumanlarida qishloq joylarda muqobil daromad manbai sifatida xotin-qizlar va yoshlarga tikuvchilik, kashtachilik va xalq hunarmandchiligini oʻrgatish boʻyicha ikki kunlik treninglar tashkil etdi.

01:48 10.10.2023
Senat Raisi UNICEFning mintaqaviy direktori bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning UNICEF bilan konstruktiv hamda samarali hamkorligini amaliy loyihalar bilan mustahkamlashga kelishib olindi.

22:17 09.10.2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер