“Muzey vagon” koʻchma koʻrgazmasi ochildi
Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi tomonidan “Muzey vagon” nomli koʻchma koʻrgazma tashkil qilindi.
“Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJ tomonidan taqdim etilgan poyezdning Buxoro muzeyi uchun ajratilgan vagoniga Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasida saqlanadigan etnografik buyumlar joylashtirildi.
Jumladan, soʻzanalar, toʻqilgan savatlar, tasviriy sanʼat sara toʻplamiga mansub suratlar oʻrin oldi.
Endilikda ushbu muzey vagonida yurtimizning barcha viloyatlari tarixi haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmalar namoyish etib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring