Jon Kennedining jiyani AQSH prezidenti lavozimiga mustaqil nomzod sifatida ishtirok etmoqchi
Foto: Reuters
AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani Robert Kennedi mamlakat prezidentligiga mustaqil nomzod sifatida qatnashish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda siyosatchi 9-oktyabr kuni Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi Milliy Konstitutsiya markazi yaqinidagi miting chogʻida aytib oʻtdi.
Kichin Kennedi demokratlar nomzodi uchun amaldagi prezident Jo Baydenga qarshi chiqishdan bosh tortayotganini va mustaqil nomzod sifatida qatnashishini bildirgan.
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, siyosatchi har ikki tomondan ham qoʻllab-quvvatlashga ega boʻlishi mumkin.
Bungacha kichik Robert Kennedi Ukrainadagi mojaroni 100 kun ichida tugatishga vaʼda bergan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring