“Silk Avia” aviakompaniyasi Qozogʻistonning Turkiston shahriga parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda

12:01 10 Oktyabr 2023 Jamiyat
387 0

“Silk Avia” birinchi mintaqaviy aviakompaniyasi yana bir xalqaro yoʻnalish – Samarqand – Turkiston – Samarqand boʻyicha parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.

Birinchi parvoz joriy yilning 14-oktabrida charter asosida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 1 soat 20 minut. Chiptalar narxi bir tomonga 920 ming soʻmdan boshlanadi. Chipta narxiga 5 kg qoʻl yuki va 20 kg bagaj kiradi.

“Kelajakda Samarqanddan Turkistonga parvozlarni muntazam tarzda amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Qozogʻiston tomonining tashabbusi bilan aviakompaniya Fargʻonadan Turkistonga parvozlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda”, — deya qoʻshimcha qildi aviatashuvchi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, “Silk Avia” joriy yilning 25-aprelidan Oʻzbekiston shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlagan. Aviakompaniya Issiqkoʻlga birinchi xalqaro reysni joriy yilning avgust oyida amalga oshirdi. Arzon aviakompaniya sifatida faoliyat olib boruvchi aviatashuvchi parkida 70 oʻringa moʻljallangan uchta ATR72-600 samolyoti mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер