Oʻtgan yili xorijiy tashriflar doirasida 135 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishildi

Bundan tashqari shu yilning oʻzida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million dollarlik investitsiya bitimlari imzolandi.

16:22 13.02.2026
Bu yil 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish boʻyicha reja qilingan

Prezidentimiz yangi loyihalar, eng avvalo, yuqori qoʻshilgan qiymatli va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga, xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanishga, yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratib, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini yana bir bor qayd etdi.

16:00 13.02.2026
Respublika sanoati kamida 8,5 foizga oʻstiriladi

Bu boʻyicha mutasaddilarga tarmoqbay va hududbay reja tasdiqlash vazifasi qoʻyildi.

15:54 13.02.2026
Prezident hududiy sanoatni rivojlantirish boʻyicha hokimlarga savollar koʻpligini aytdi

Qayd etilishicha, soʻnggi uch yilda jami investitsiyalar 1,8 barobarga koʻpaygan, lekin ayrim tumanlarda investitsiyaning sanoatga taʼsiri koʻrinmayapti.

15:36 13.02.2026
Mahalliy korxonalar uchun xomashyo importi bojlari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi

Davlatimiz rahbari kichik korxonalarning xomashyoga ehtiyojini aniqlab, qaysi davlatdan, qancha miqdorda va qanday narxda olib kelishi, transport xarajatini hisob-kitob qilib, xomashyo zaxirasini shakllantirish vazifasini qoʻydi.

15:16 13.02.2026
Oʻzbekistonda mis qazib olish hajmi va rudadan olinadigan metall ulushi koʻpaytiriladi

Buning uchun 57 ta maxsus texnika olib kelib, ruda qazib olishni 46 milliondan 64 million tonnaga oshirish, mahalliy korxonalar uchun birjaga har oy kamida 10 ming tonna mis chiqarish topshirildi.

15:09 13.02.2026
Prezident masʼullarga avtokredit stavkasini pasaytirishni topshirdi

Davlatimiz rahbari aholining mahalliy avtomobillarga talabini ragʻbatlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini koʻrishni topshirdi.

14:58 13.02.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilish boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

14:46 13.02.2026
Oʻtgan yili oʻqish maqsadida xorijga borgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi

Ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 19,3 foizga kamaygan.

13:35 13.02.2026
Prezident Ohangarondagi mikroprotsessor modullarini ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi

Mazkur korxonada identifikatsiya uchun moʻljallangan mikroprotsessor modullari, sim-kartalar, shuningdek, transport, ijtimoiy va xalqaro toʻlov kartalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

13:24 13.02.2026
Oʻtgan yilda Oʻzbekiston 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi

Tashqi savdo aylanmasida import hajmi 47,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.

12:55 13.02.2026
Davlat boshqaruvida adolat simfoniyasi

XIV-XV asrlar chorrahasida, Oʻrta Osiyoning markazida Temuriylar davri yulduzlar turkumi kabi charaqlab, Sharqni “Ikkinchi Renessans davri”ning yorqin nuri bilan yoritdi. Ushbu hodisa nafaqat sanʼat va ilm-fanning gullab-yashnashi, hayratlanarli meʼmorchilik durdonalari va nafis sheʼriyat davri emas, balki mustahkam huquq poydevoriga asoslangan...

12:42 13.02.2026
Gulistonning sharq-u gʻarbini bogʻlaydigan piyodalar tonneli quriladi

Guliston shahrining aholi tilida “Mahalla” deb yuritiladigan qismi shahar markazi bilan ikki avtomobil koʻprigi va bir piyodalar koʻprigi orqali bogʻlangan.

11:11 13.02.2026
Meta inson faoliyatini taqlid qiluvchi sunʼiy intellekt modelini patentladi

Ushbu texnologiya foydalanuvchi uzoq tanaffus olganida yoki vafot etgan holatda qoʻllanilishi mumkin.

10:02 13.02.2026
Ilon Mask: Koinotni oʻrganish jarayonida oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashish mumkin

Tadbirkor oʻz chiqishida insoniyatning Oyga ommaviy parvozi va keyinchalik Marsga sayohati eng ulugʻvor maqsadlardan biri ekanini taʼkidladi.

22:08 12.02.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер