Ilon Mask: Koinotni oʻrganish jarayonida oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashish mumkin

22:08 12 Fevral 2026 Dunyo
772 0

Ilon Mask insoniyat koinotni tadqiq etish jarayonida oʻzga sayyoraliklar yoki yerdan tashqari sivilizatsiyalar bilan toʻqnash kelishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda TASS xabar qildi.

Tadbirkor oʻz chiqishida insoniyatning Oyga ommaviy parvozi va keyinchalik Marsga sayohati eng ulugʻvor maqsadlardan biri ekanini taʼkidladi.

“Oyga ommaviy parvoz, keyin esa Marsga yoʻl olish, butun Quyosh tizimi boʻylab sayohat qilish va nihoyat boshqa yulduz tizimlariga yetib borishdan ham buyukroq gʻoyani tasavvur qila olmayman. Balki biz oʻzga sayyoraliklar bilan uchrasharmiz. Balki millionlab yillar davomida mavjud boʻlgan sivilizatsiyalarning izlarini yoki qadimgi yerdan tashqari madaniyatlar qoldiqlarini toparmiz”, — dedi Mask.

Uning fikricha, bunday maqsadlarga erishish uchun Oyda shaharlar barpo etish va maxsus uchirish qurilmalarini — tadbirkor taʼbiri bilan aytganda, “katapulta”larni yaratish zarur.

Mazkur qurilmalar sunʼiy intellekt bilan jihozlangan sunʼiy yoʻldoshlarni koinotni tadqiq etish uchun uchirishga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер