Zomin aeroporti nomaʼlum muddatga yopildi
“Oʻzgidromet” Zomin aeroporti faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish boʻyicha ikkinchi bosqich taʼmirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Shu bilan birga, meteorologik qurilmalarni ham modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilayotganini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Xabarda ishlar qachon yakunlanishi maʼlum qilinmagan, bu haqda qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring