Zoyir Mirzayev koronavirusni yengdi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusdan davolanayotgani haqida xabar bergan edik. Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, hokim sogʻligini tiklab, Qarshi shahriga qaytib kelgan.
Zoyir Mirzayevning taʼkidlashicha, ahvoli ancha yaxshi va bugun 9-may tadbirlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, u shahar mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring