Jurnalistlar, blogerlar ochiq savol berishni boshladi, ilgari oʻzlari uchun “tabu” boʻlgan mavzularda yozishmoqda — X.Freyzer
Ayni vaqtda Xalqaro press-klub “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida soʻz hamda matbuot erkinligi va Oʻzbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazilmoqda.
Unda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer oʻz fikrlarini bildirdi:
— “Har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega”. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasida shunday yozilgan. Bu yerda yigʻilganlarning barchasi ushbu gʻoyani toʻla qoʻllab-quvvatlashiga ishonaman. Chunki bu — barqaror taraqqiyot masalalariga hamnafasdir.
Aniq va ochiq axborot ega boʻlish — adolatli va betaraf institutlar, muassasalar shakllanishida asosiy jarayon hisoblanadi.
BMT tizimidagi tashkilotlar, xalqaro hamjamiyat Oʻzbekistonda jurnalistlarning ochiq maʼlumotga ega boʻlish uchun mustaqil faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Soʻnggi 4 yilda Oʻzbekistonda bu borada rivojlanish kuzatildi.
Jurnalistlar, blogerlar ochiq savol berishni boshladi, ilgari oʻzlari uchun “tabu” boʻlgan mavzularda yozishmoqda, turli muammolar boʻyicha surishtiruvlar oʻtkazishmoqda.
Shuningdek, sohaga doir normativ-huquqiy masalalarda ham oʻzgarishlar boʻlmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring