Jurnalist va blogerlar koʻmagida ehtiyojmand oilalar aniqlandi

16:49 03 Yanvar 2024 Jamiyat
718 0

Foto: "Xalq soʻzi"

Namangan viloyatida jurnalist va blogerlar tavsiyasiga koʻra har yili kam taʼminlangan, moddiy va maʼnaviy koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxati shakllantirilib, ularga bayram sovgʻalari topshirib kelinmoqda.

Ezgu tashabbus anʼana tusini oldi va Yangi yil bayrami munosabati bilan 250 dan ortiq kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan kishilar hamda ularning oilalariga quvonch ulashildi. Saxovat koʻrsatilganlar orasida 10 nafar faxriy jurnalist ham bor.

Namangan shahrining “Barkamol avlod” sport majmuasida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida viloyat hokimi Sh. Abdurazzoqov ishtirok etib, barchani bayram bilan qutladi.

— Oramizda chindan ham ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar bor, ammo oriyat kuchlilik qilib, roʻzgʻoridagi kamchilik va muammoni birovga aytishmaydi, — dedi viloyat rahbari. — Ularning shart-sharoitlarini doim odamlar orasida yurgan jurnalist va blogerlar yaxshi bilishadi. Shuning uchun soha vakillarining fikrini inobatga olgan holda bayram tadbirini oʻtkazdik.

Shu kuni ehtiyojmand oilalar vakillariga 18 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, Yangi yil sovgʻalari hamda issiq kiyim-bosh taqdim etildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер