JSST: Tamaki va alkogol koronavirus yuqtirib olishni keskin oshirishini aytdi

14:16 22 Mart 2020 Dunyo
1355 0

Foto: www.google.com

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus koronavirus pandemiyasi davrida alkogol va chekishni tashlashni tavsiya qildi. Bu haqda JSST bayonotida maʼlum qilingan.

Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, chekish koronavirusning jiddiy rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin.

“Eng muhim va eʼtibor qaratadigan jihat – bu alkogol mahsulotlarining zararidir. Oddiy hayotda ham spirtli ichimliklar salomatlik uchun oʻta zararli. Ammo infeksiya tarqalgan bir paytda uni isteʼmol qilish odam immun tizimiga shikast yetkazadi. Oqibatda infeksiya yuqtirib olish xavfi keskin ortadi”, dedi Tedros Adxan Gebreyesus.

Bundan tashqari, JSST rahbari ovqatlanishga eʼtibor berish zarurligini, foydali va sogʻlom taomlar isteʼmol qilishni, shuningdek, kuniga kamida 30 daqiqa sport bilan shugʻullanish tavsiya etdi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер