JSST parranda grippining odamlarga yuqish xavfi yuqoriligidan ogohlantirdi

15:05 13 Iyul 2023 Dunyo
894 0

Foto: Arxiv surat

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shu yil mart oyidagi bayonotida dunyoda parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirgandi.

Bunga mazkur virusning tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga egaligi sabab boʻlgandi.

“Eng yomoni, u odamlar hayotiga zomin boʻlishi mumkin”, deyilgan edi oʻsha chiqishda. Bu holat yuz berdi ham. Aprel oyida Xitoyda H3N8 virusidan ilk oʻlim holati qayd etildi.

Shularni inobatga olib, kecha JSST yangi bayonotini eʼlon qildi. Unda parranda grippining insonlarga yuqish xavfi yuqoriligi xususida keng jamoatchilik va soha mutaxassislari yana bir bor ogohlikka chaqirilgan.

Tashkilot masʼul xodimi Silvi Brianning taʼkidlashicha, mazkur virusning bemor insondan boshqasiga yuqishi kam kuzatiladi. Shunga qaramay, hushyorlik va ehtiyotkorlik shart.

Ayni sababdan JSST mamlakatlarni kasallik ustidan nazoratni kuchaytirish va aniqlangan holatlar boʻyicha imkon qadar tezroq xabar berishga chaqiradi.

Oʻz navbatida, epidemiologlarning taʼkidlashicha, odamlar infeksiyadan zararlangan va halok boʻlgan hayvonlarga yaqinlashmasliklari zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер