JSST: Maymun chechagiga chalingan bemorlar soni 35 ming nafardan oshdi
Illustrativ foto
Dunyo boʻyicha maymun chechagi infeksiyasi aniqlangan mamlakatlar 92 taga yetdi. Kasallikni yuqtirganlar soni esa 35 ming nafardan oshdi.
Xavotirli jihati, ularning 7,5 ming nafari oʻtgan hafta davomida roʻyxatga olingan bemorlardir. Yaʼni oʻsish koʻrsatkichlari bir hafta ichida 20 foizga oshgani mutaxassislarni tashvishga solmoqda.
JSST bu haqdagi soʻnggi hisobotida oʻtgan davrda infeksiyaga chalinganlarning 12 nafari kasallikdan vafot etganini maʼlum qildi. Hozirgacha aniqlangan bemorlarning deyarli barchasi Yevropa qitʼasi va AQSHda yashovchilardir.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusning taʼkidlashicha, hozir mamlakatlar ushbu epidemiyaga tayyor boʻlishi va infeksiyani jilovlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi lozim.
Profilaktika jarayonida vaksinalarning ahamiyati katta. Ammo hozir emlash vositalari tanqis. Shunga qaramay, vaksina ishlab chiqaruvchilar, qolaversa, oʻz zaxiralarini baham koʻrishga tayyor mamlakat va tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring