JSST: Maymun chechagi virusiga qayta nom beriladi

15:05 16 Avgust 2022 Jamiyat
526 0

Illustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maymun chechagi virusi nomini oʻzgartirish boʻyicha keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi. Bunga olimlar va tibbiyot mutaxassislari tomonidan mazkur xastalik notoʻgʻri nomlanganiga doir takroriy eʼtirozlar sabab boʻldi.

Aslida, viruslarga nom berish JSST vakolatiga kiradi. Biroq bu gal odamlarga onlayn portal orqali oʻz takliflarini yetkazishi uchun imkoniyat yaratildi.

Maʼlumki, maymun chechagi atamasi 1958-yilda istilohga kiritilgan. Qolaversa, virusning asosiy variantlari ular keng tarqalgan geografik hududlarga qarab nomlangan.

Biroq zamonaviy amaliyotga koʻra, yangi aniqlangan viruslar, infeksiyalar mutatsiyalari va ular bilan bogʻliq kasalliklar atamalari madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik jihatdan kamsituvchi mazmunga ega boʻlmasligi zarur.

Qolaversa, savdo-sotiq yoki yoʻlovchi tashish jamiyatlari faoliyati, turizm hamda hayvonot dunyosiga nisbatan munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.

Shundan kelib chiqqan holda maymun chechagining Kongo havzasi versiyasi endi “I tur”, Gʻarbiy Afrika varianti esa “II tur” deb ataladigan boʻldi.

Virusning oʻziga esa keng jamoatchilik takliflari asosida yaqin istiqbolda qayta nom berilishi kutilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер