JSST kuz-qish mavsumida koronavirusning oldini olish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi
Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yaqinlashayotgan kuz-qish mavsumida koronavirusni yuqtirish holatlari yanada oshishi mumkinligidan xavotirda.
Shu bois mazkur davrda odamlarni COVID-19ning «omikron» shtammidan himoya qilish muhim. Buning uchun birlamchi samarali chora — emlanish qamrovini oshirishdan iborat. Qolaversa, jamoat joylarida tibbiy niqob taqishni ragʻbatlantirish katta natija beradi.
«Avvalo, immuniteti zaif boʻlgan qatlam buster-dozaning ikkinchi bosqichi bilan emlanishi lozim, — deyiladi JSST tavsiyasida. — Qolaversa, homilador ayollar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar, keksa yoshli insonlar va shifokorlar ham xavf guruhiga mansub».
Tashkilotning maʼlum qilishicha, vaksinaning navbatdagi dozasini qabul qilganidan kamida 3 oy oʻtgach, kasallikni qayta yuqtirish ehtimoli paydo boʻladi.
Qolaversa, har qaysi mamlakatda epidemiologik vaziyat turlicha. Shunga qaramay, hukumatlar kasallikning oldini olish va uni jilovlash boʻyicha aniq saʼy-harakatlarni amalga oshirishlari zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring