JSST koronavirusga qarshi vaksinaning dunyo boʻylab qanday tarqatilishi kerakligi haqida aytib oʻtdi

11:16 08 Sentyabr 2020 Dunyo
930 0

Xastalikka qarshi emlash samaradorligini taʼminlash uchun 2021-yilning oʻrtalarida tayyor boʻlishi kutilayotgan vaksina, birinchi navbatda, maʼlum mamlakatlardagi barcha fuqarolar orasida emas, balki butun dunyo boʻylab aholining ayrim guruhlari orasida tarqatilishi kerak.

Bu haqda JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, birinchi navbatda, asosiy sanoat tarmoqlari ishchilari va yuqori xavfli guruhlarga kiradiganlar, xususan, keksalar hamda ushbu xastalikni tashuvchi bemorlarni emlash kerak.

“Birinchi ustuvor vazifa ayrim davlatlardagi butun aholini emas, balki barcha mamlakatlarda maʼlum insonlar guruhini emlashdir. Bu nafaqat axloqiy yoki sogʻliqni saqlash sohasidagi zarurat, balki iqtisodiy omil bilan ham bogʻliq jarayondir”, deydi Gebreyesus agar virus kam va oʻrta daromadli mamlakatlarda odamlarni oʻldirishda davom etsa, iqtisodiy tiklanish xavf ostida qolishini qoʻshimcha qilar ekan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер