JSST koronavirusda yuz bergan sezilarli oʻzgarishlar haqida maʼlum qildi
Foto: Reuters
Sars-Cov-2 koronavirusi asta-sekin bilan endemik kasallikka aylanib bormoqda.
Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) shoshilinch kasalliklar boʻyicha texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove maʼlum qildi. Endemik kasallik bu bir mintaqada keng tarqalgan xastalik hisoblanadi.
JSST oʻtgan sutkada deyarli 3,4 million kishi koronavirus bilan kasallanganini maʼlum qilgan edi. Bu pandemiya davridagi kunlik rekord koʻrsatkichdir.
Umuman pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallanganlar soni 312 173 462 nafarga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring