JSST xalqaro hamjamiyatni koronavirusning yangi, yana-da xavfli shtammlaridan ogohlantirdi
Foto: Reuters
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro hamjamiyatni koronavirus infeksiyasining yangi, xavfli shtammlaridan ogohlantirdi.
“Pandemiya rivojlanishda davom etmoqda, hozirda toʻrtta mutatsiya ”hukmronlik“ qilmoqda. Kelajakda yangi shtammlar paydo boʻlishi va butun dunyoga tarqalishi ehtimoli bor, ularni boshqarish yana-da qiyinlashadi”, deyiladi JSST tomonidan tarqatilgan maʼlumotda.
Shu yilning 14-iyul kuni JSST rahbari Tedros Gebreyesus dunyo “COVID-19” pandemiyasining yangi toʻlqini boshida ekanligini aytib oʻtgan edi. Uning taʼkidlashicha, jahonda ushbu infeksiya bilan kasallanish va oʻlim tobora oʻsib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring