JSST global hamjamiyatni yana bir epidemiya xavfidan  ogohlantirmoqda

02:20 12 Noyabr 2021 Dunyo
1450 0

Arxiv surat

2020-yilda qizamiqqa qarshi muntazam emlashda uzilishlar tufayli kasallikning yangi tarqalishi xavfi mavjud. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) saytida maʼlum qilindi.

“2020-yilda 22 milliondan ortiq bola qizamiqqa qarshi emlashning birinchi dozasini oʻtkazib yubordi. Bu 2019-yilga nisbatan 3 millionga koʻp. Qolaversa, bu oxirgi yigirma yillikdagi eng katta oʻsishdir va epidemiya uchun xavfli muhit yaratadi”, deyiladi JSST va AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi qoʻshma hisobotida. 

2020-yilda qizamiq bilan kasallanganlar soni oʻtgan yilga nisbatan 80 foizdan koʻproqqa kamaygan. Biroq, infeksiyalar soni kamayganiga qaramay, dunyoda qizamiq tarqalishi xavfi oʻsishda davom etmoqda, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar. 

Hisobot mualliflarining fikricha, dunyoda qizamiqni epidemiologik nazorat qilish yomonlashgan. Bundan tashqari, yomon test sinovi, kasallik haqida xabardorlik ham global hamjamiyatni uning tarqalishini oldini olish qobiliyatini xavf ostiga qoʻyadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер